Pullim — shaxsiy xarajatlarni yuritish uchun ilova. Bu hujjat qanday ma'lumot yig'ilishini, u nima uchun kerakligini va siz uni qanday o'chirishingiz mumkinligini tushuntiradi.
| Ma'lumot | Qachon | Nima uchun |
|---|---|---|
| Moliyaviy yozuvlar: summa, valyuta, kategoriya, izoh, sana; qarz yozuvlarida — siz kiritgan ism | Siz yozuv qo'shganingizda | Ilovaning asosiy vazifasi — shu yozuvlarni ko'rsatish va hisoblash |
| Email va ism | Google hisobi bilan kirganingizda | Yozuvlaringizni bulutga saqlash va boshqa qurilmada tiklash |
| Anonim identifikator | Ilova birinchi ochilganda | Hisob ochmagan foydalanuvchining yozuvlarini ajratish |
| Platforma (Android/iOS) va ilova versiyasi, oxirgi faollik sanasi | Sinxronizatsiya paytida | Eskirgan versiyalarni aniqlash va yangilanish zarurligini bildirish |
| Yiqilish hisobotlari: xato izi, qurilma modeli, Android versiyasi | Ilova xato bilan yopilganda | Xatoni topish va tuzatish |
Profil surati — agar qo'ysangiz, u faqat sizning telefoningizda saqlanadi va serverga yuborilmaydi.
Serverdagi qoidalar shunday sozlangan: yozuvlaringizni faqat siz o'qiy olasiz. Boshqa foydalanuvchilar ham, ilova administratori ham ularga kira olmaydi.
Ilova Google'ning quyidagi xizmatlaridan foydalanadi:
Bu xizmatlar Google'ning maxfiylik siyosatiga bo'ysunadi: policies.google.com/privacy.
Ma'lumotingiz hech kimga sotilmaydi va berilmaydi. Qonun talab qilgan hollardan tashqari.
Sozlamalar → Ma'lumotlarni eksport qilish orqali barcha yozuvlaringizni Excel yoki CSV faylida olishingiz mumkin.
Sozlamalar → Hisobni o'chirish tugmasi hisobingizni va bulutdagi barcha yozuvlaringizni butunlay o'chiradi. Bu amalni qaytarib bo'lmaydi.
Ilovani telefondan o'chirsangiz, qurilmadagi nusxa ham o'chadi (Android'ning avtomatik zaxirasi yoqilgan bo'lsa, u Google Drive'ingizda qolishi mumkin — buni Android sozlamalaridan boshqarasiz).
Yozuvlaringiz siz o'chirmaguningizcha yoki hisobingizni o'chirmaguningizcha saqlanadi. Yiqilish hisobotlari 90 kundan keyin avtomatik o'chadi.
Ilova 13 yoshdan kichik bolalarga mo'ljallanmagan va ulardan ataylab ma'lumot yig'maydi.
Bu siyosat o'zgarsa, sahifadagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova ichida xabar beriladi.
Savollar bo'lsa: abdurahimsharipov086@gmail.com
Pullim is a personal expense tracking app. This document explains what data is collected, why it is needed, and how you can delete it.
Your profile photo, if set, stays on your device only.
All records are written to your device first; the app works fully offline. If you sign in, a copy is stored in Google Firebase so it can be restored on another device. Server rules are configured so that only you can read your records — not other users, not the app administrator.
Google Firebase Authentication, Cloud Firestore and Crashlytics, governed by Google's privacy policy. Data is never sold or shared, except where required by law.
Export: Settings → Export data (Excel or CSV).
Delete: Settings → Delete account removes your account and
all cloud records permanently.
Records are kept until you delete them or delete your account. Crash reports are removed automatically after 90 days.
The app is not directed at children under 13.